10:40 / 09.01.2020
3 279

MIB faoliyatidan: qarzdorliklar undirilmoqda

MIB faoliyatidan: qarzdorliklar undirilmoqda
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Denov tumanlararo sudining 14.02.2018 yildagi qarzdor M.Shukurovadan undiruvchi Z.Bobomurotovaning foydasiga 119,1 mln. so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Termiz shahar bo‘limida ijro ishi yuritilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning mulkiy holatini aniqlash maqsadida vakolatli organlarga so‘rovnomalar yuborilgan bo‘lib, olingan javob xatlariga ko‘ra unga tegishli undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulklar yo‘qligi aniqlangan hamda qarzdorning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Shuningdek, qarzdorning ijro hujjatida ko‘rsatilgan yashash manziliga borilib takroran borilganda, xonadonda birinchi ehtiyojdan tashqari
mol-mulklar mavjud emasligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, ijro hujjatida ko‘rsatilgan 119,1 mln. so‘m miqdoridagi qarzdorlik summasi to‘liq undirilib berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tumanlararo iqtisodiy sudining 06.09.2019 yildagi qarzdor “Beshariqtekstil” QKdan undiruvchi “Infinbank” ATB ning foydasiga 23 mlrd. 832 mln. 476 ming so‘m va 2.216.432 AQSH dollari miqdoridagi kredit qarzdorliklarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “Beshariqtekstil” qo‘shma korxonasiga tegishli bo‘lgan bino-inshootlar belgilangan tartibxa xatlanib, realizatsiya qilish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan.

Auksion savdolari natijasida qarzdor “Beshariqtekstil” QKga tegishli bo‘lgan bino-inshootlar sotilib, sotuvdan tushgan 37 mlrd. 302 mln. 708 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari kredit qarzdorlikni qoplash uchun “Infinbank” ATB ning hisob raqamiga o‘tkazilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: qarzdorliklar undirilmoqda