date
views 2 769

1000 nafar xodim Toshkentni fayzli shaharga aylantirish uchun yo‘lga chiqishdi

1000 nafar xodim Toshkentni fayzli shaharga aylantirish uchun yo‘lga chiqishdi
Bugun poytaxtimizda “Fayzli Toshkent” aksiyasi start oldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
“Milliy” stadioni yonidagi avtoturargohda Toshkent shahar hokimi “Fayzli Toshkent” aksiyasiga mas’ul barcha mutasaddilar hamda 30 guruhga bo‘lingan 1000 nafar xodimlar yig‘ilishdi.

Jahongir Artikxodjayev aksiyaga start berar ekan, ozoda va sarishta shaharda fayz va baraka bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Bunday tadbirlar natijasida Toshkent tom ma’noda ko‘rkam, go‘zal va obod shaharga aylanishi va undan so‘ng ozodalik hamda tartibni saqlab turish ham muhimligiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, bu tashabbusni toshkentliklar o‘z hududlari, ko‘chalarida davom ettirishlari, bu kundalik muhim ishlardan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.

Hududlarni chiqindilardan tozalash, olib chiqib ketish va tartibga keltirish uchun jalb etilgan 105 ta texnika, xususan, chiqindi tashish mashinasi, traktor, ekskavator, yuk ko‘taruvchi mashina, samosval va kranlar va barcha xodimlar o‘zlariga belgilangan manzillarga yo‘nalishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1000 nafar xodim Toshkentni fayzli shaharga aylantirish uchun yo‘lga chiqishdi