date
views 3 982

O‘zbekistonga tegishli madaniy boyliklar saqlanayotgan 4ta asosiy davlat ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga tegishli madaniy boyliklar saqlanayotgan 4ta asosiy davlat ma’lum bo‘ldi
Rossiya FA qoshidagi Sharq qo‘lyozmalari instituti (Sankt-Peterburg)
Hozirga qadar 40dan ortiq mamlakatda O‘zbekistonga tegishli 6100ga yaqin madaniy boylik borligi aniqlangan. Ularning asosiy qismi Rossiya, Turkiya, Germaniya va Buyuk Britaniyada joylashgan.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi direktori, professor Roiq Bahodirov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy davlatlarda aniqlangan madaniy boyliklar markaz tomonidan ilmiy jihatdan tasniflanib, ma’lumotlar bazasiga kiritilgan.

«2018 yilda madaniy boyliklarimiz 25ta xorijiy davlatda saqlanayotgani aniqlangan bo‘lsa, 2019 yilda bunday davlatlarning soni 40taga yetdi. O‘rganishlar natijasida hali bu raqam yana o‘sishi mumkin. Ya’ni 40ta davlat bu – hozirgacha aniqlanganlari xolos. Madaniy boyliklarimiz ro‘yxatdan tashqaridagi boshqa biror davlatda ham bo‘lishi mumkin.

Mamlakatimizga tegishli jorijdagi madaniy boyliklarning asosiy qismi 4ta davlatda joylashgan. Bular – Rossiya, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya davlatlaridir», – dedi Roiq Bahodirov chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Qayd etilishicha, ma’lumotlar bazasiga kiritilgan O‘zbekistonga tegishli madaniy boyliklarning 60 foizini moddiy madaniyat buyumlari, ya’ni sopol, metall, shisha buyumlar, me’moriy obidalar kabilar tashkil etadi. 40 foizi esa qo‘lyozma va miniaturalardan iborat.

Shu kunga qadar xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston hududida yetishib chiqqan allomalar qalamiga mansub 34ta qo‘lyozma asarning rangli elektron nusxasi olib kelingan.
Bu asarlarni 2020 yilda alohida kitob tarzida o‘zbek, ingliz va rus tillarida chop etish rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga tegishli madaniy boyliklar saqlanayotgan 4ta asosiy davlat ma’lum bo‘ldi