«Toshshahartransxizmat» AJ yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, «Toshshahartransxizmat»ga tegishli 129 — «Aviasozlar shaharchasi»—«Yunusobod 17-mavze» yo‘nalishi «Alixan trans servis» MCHJ korxonasiga biriktirilgan.
Ushbu yo‘nalishda korxonaga tegishli Asia star rusumli 11 ta avtobus aholiga xizmat ko‘rsatadi. Avtobuslar «Yevro—5» standarti asosida ishlab chiqarilgan. Gaz yoqilg‘isi bilan harakatlanuvchi transport vositasi 70 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan va qulayliklar ega. Jumladan, avtobus konditsioner, nogironligi bo‘lgan shaxslarning chiqib tushishiga mo‘ljallangan yo‘lak — pandus, 5 ta kuzatuv kamerasi, monitor, dvigatelda yong‘in chiqishiga qarshi ishlovchi avtomatik tizim bilan jihozlangan.
Foto: «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati
Foto: «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati
Korxona faoliyati shahar yo‘nalishida to‘la o‘rganilib, boshqa yo‘nalishlarga ham xususiy sektorlar jalb qilinishi ko‘zda tutilgan, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi