3 762
Rasul Kusherbayev prezidentning nutqi haqida: «Bizning keyingi besh yilligimizga yetadigan energiya bo‘ldi»
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Majlisda deputat Rasul Kusherbayev so‘zga chiqib, davlat rahbarining nutqi haqida gapirdi.
«Menimcha, bizning keyingi besh yilligimizga yetadigan energiya bo‘ldi, desak ham bo‘ladi. Shaxsan o‘zim ham hozir shu narsani his qilib turibman. Buning uchun juda ham katta rahmat. Deputatlarga, xalq vakillariga bo‘lgan ishonchingiz uchun, alohida e’tiboringiz uchun, xalq vakillarining xalqimiz orasida, umuman, jamiyatda yetakchi obro‘ga ega bo‘lishi kerakligi yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlaringiz uchun o‘zim juda ham katta minnatdorchiligimni bildiraman.
E’tibor bersangiz, so‘nggi ikki-uch yil, umuman, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ochiqlik, oshkoralik bo‘yicha islohotlarning yangi qadamga chiqqani hammamizni o‘zgarishga majbur qilyapti. Bu vazirlik-idora, parlament deymizmi, odamlar deymizmi, hammada o‘z ishiga bo‘lgan bir qarash o‘zgaryapti, eng muhimi, odamlarimizning talabchanlik ruhi rosa ham o‘sdi», - deydi R. Kusherbayev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi