
Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat ijrochilari kelib tushgan ijro hujjatlari bo‘yicha bir kunda ijro ishi qo‘zg‘atib, ularni hal qilish choralarini ko‘rmoqda.
Yakkabog‘ tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor fuqaro R.S.dan undiruvchi A.B. foydasiga 20 mln 351 ming so‘m pul mablag‘larini undirish belgilangan. (Qarzdor bir necha yillardan buyon ushbu qarzni qaytarmaganligi sababli fuqaro A.B. sudga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.)
Byuroning Yakkabog‘ tuman bo‘limi davlat ijrochilarining sa’y-harakatlari bilan bu pullar undiruvchiga to‘liqligicha olib berildi va ijro ishi amalda tamomlandi.
Majburiy ijro byurosi
Qashqadaryo viloyat boshqarmasi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Qashqadaryo viloyat boshqarmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar