Oliy Majlis Senatida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish haqida gapirdi.
«Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish masalasi Senatning doimiy e’tiborida bo‘lishi kerak.
So‘nggi yillarda jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida bir qator ishlarni amalga oshirdik. Biroq, bu sohada oldimizda hali o‘z yechimini kutayotgan masalalar mavjud. Masalan, o‘tgan yili mamlakatimiz bo‘yicha jinoyat sodir etgan 47 mingdan ortiq shaxsning 12 ming nafari yoki 25 foizini yoshlar tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida 39 foiz, Andijon va Namangan viloyatlarida 38 foizdan oshgan. Lekin, ming afsuski, na Qashqadaryo, na Xorazm, na Andijon, na Namangan viloyatlarida, na Toshkent shahrida ushbu o‘ta tashvishli ahvol bo‘yicha Senatning sayyor majlislari o‘tkazilib, bu masala jiddiy muhokama qilinmagan. Hamma tomoshabin.
O‘zingiz ayting, bu ahvolda biz qayoqqa boramiz?
Bu kabi beparvolik va e’tiborsizlik endi tarixda qolishi kerak. Har bir masalada yangi senatorlarimiz tezkor munosabat bildirishlari va zarur chora-tadbir ko‘rib borishlari lozim.
Bundan tashqari, bezorilik va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortib bormoqda. Shu munosabat bilan joylarda jinoyatchilikka qarshi kurash olib boradigan idoralar faoliyati senatorlarning doimiy nazoratida bo‘lishi lozim.
Xabaringiz bor, so‘nggi 3 yilda o‘z qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 4 mingdan ortiq shaxs afv etilib, o‘z yaqinlari bag‘riga qaytarildi. O‘ylaymanki, ular kelgusida hayotda o‘z o‘rinlarini topishida ham senatorlarning alohida hissasi bo‘ladi.
Agar afv etilganlarning ijtimoiy hayotga moslashuvini ta’minlamasak, afv etish to‘g‘risida biz qabul qilgan farmonlarning obro‘si, ta’siri nima bo‘ladi?» - dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi