Foto: Rossiya FVV
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasi Tomsk oblastida yuzaga kelgan yong‘in bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Mamlakatning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yil 21 yanvarga o‘tar kechasi Tomsk oblasti, Asinovskiy tumani, Prichulimskiy posyolkasi, Svoboda ko‘chasi, 1/3 uy manzilida joylashgan bir qavatli yog‘ochdan yasalgan qurilish binosi yonib ketgan.
Yog‘ochni qayta ishlash korxonasi ishchilari yashagan ushbu binoda 10 kishining jasadi topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari.
TIV xabarida aytilishicha, halok bo‘lganlarning shaxslari aniqlanmoqda. Ikki jabrlangan ham O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ular yengil jarohat olgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgandan keyin qo‘yib yuborilgan.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi, deyiladi xabarda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan va Rossiyaning Sibir federal okrugi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda Novosibirsk shahridagi mamlakat bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: + 7 (383) 246-04-85; + 7 (383) 246-04-63, + 7 (383) 246-04-64; + 7 (383) 246-04-84. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi