O‘zbekistonda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ish boshladi. Bu yangi fond milliy mass-media hamjamiyatining o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga ko‘maklashishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
«Sizlarga mamnuniyat bilan ma’lum qilmoqchimizki, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatga olindi hamda rasman o‘z ish faoliyatini boshladi.
Jamoat fondimizning asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdir.
Shuningdek, jamoat fondi milliy mass-media hamjamiyatining o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga ko‘maklashishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jurnalistlar va blogerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga huquqiy, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam ko‘rsatish jamoat fondining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Kelgusida jamoat fondi va uning loyihalari haqida batafsil ma’lumot berib boramiz. Bizni kuzatishda davom etasiz, degan umiddamiz», deyiladi fondning telegramdagi kanalida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi