Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdorlar “Yangi Turmush Parranda” dehqon xo‘jaligi va G.Vahabovadan, solidar tartibda undiruvchi, “HAMKORBANK” ATBning foydasiga, jami 763.567.582 so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida garovdagi mulk, G.Vahabovaga tegishli bo‘lgan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tuman, Xo‘jakent qishlog‘ida joylashgan umumiy yer maydoni 0,0433 ga, umumiy qurilish osti maydoni 176,40 kv.m, umumiy foydalanish maydoni 259,70 kv.m., 1 ta 2 qavatli noturar joy, yertula, xovuz, xojatxona va yozgi oshxona binolaridan iborat bo‘lgan noturar bino (dala xovli) xatlangan.
Mazkur ijro ishi yuzasidan, qarzdorga tegishli noturar joy (dala xovli) 763.567.582 so‘m kredit qarzdorligi evaziga “HAMKORBANK” ATBning foydasiga o‘tkazib berilishi ta’minlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi