Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dehliga parvozi oldidan «yashil» yo‘lak orqali chiqib ketayotgan yo‘lovchilardan birining bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning kamari aslida tilladan ishlangani fosh bo‘lgan.
«Bojxona xodimlarini chalg‘itishga uringan ushbu shaxs 122 gr. og‘irlikdagi tilla quyma bo‘lagini go‘yoki kamarning to‘qa qismi sifatida olib chiqmoqchi bo‘lgan ekan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yashirincha olib chiqishda to‘xtatib qolingan quyma oltinning qiymati salkam 56 million so‘mni tashkil qildi», – deyiladi xabarda.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi