Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida hukumat oldidagi eng muhim vazifalarni sanab o‘tdi.
«Aytilgan barcha rejalarni ro‘yobga chiqarish hisobiga ishsizlikni 7 foizgacha kamaytirish, yiliga kamida 500 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadini 2 barobarga oshirish yangi hukumat oldidagi eng muhim vazifalar bo‘lishi shart.
Mana shu raqamlarni yangi hukumat bajarishi shart. Bajarmasa, barqarorlikka erisha olmaymiz. Mana shunday marralar olishimiz kerak.
Aholi daromadini ikki barobarga oshirmasak, odamlarimizni rozi qila olmaymiz. Besh yilda ayniqsa deputatlar, senatorlar, sizni saylagan saylovchilar norozi bo‘ladi. Bu – aniq raqamlar. Hisob-kitob qilingan raqamlar. Iloji bor raqamlar. Havoyi raqamlar emas», – degan Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi rasman 8,9 foizni tashkil etadi. 2020 yilda 382 mingta doimiy yangi ish o‘rni yaratilishi prognoz qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas