Foto: Videolavhadan skrinshot
Kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) rahbariyati hamda mas’ul xodimlari bilan brifing bo‘lib o‘tgan edi. Tadbirda «Pastdarg‘om voqeasi» yana bir bor esga olindi.
Ma’lumki, o‘tgan yilning dekabr oylari boshida MIBning Pastdarg‘om tuman bo‘limi xodimlari tomonidan «Pastdarg‘om tuman Obondonlashtirish davlat korxonasi»ga tegishli beton tayyorlash sexida o‘tkazilgan tekshiruvda tuman hokimi yordamchisi va mazkur korxona ish yuritiuvchisining qarshiligiga duch kelgani, ko‘p o‘tmay bo‘lim boshlig‘i A.Hamdamovning lavozimidan chetlatilgani ommaviy axborot va internet ijtimoiy tarmoqlarida keng muhokamaga sabab bo‘lgandi.
MIB markaziy apparatining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpulatov savolga quydagicha javob berdi:
— 2019 yilning 4 dekabr kuni Byuroning Pastdarg‘om tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Suhrob Jalilov, bo‘limning sho‘’ba katta inspektori Zafar Sultonov va texnik kuzatuv sho‘’basi inspektori Temur Kazakovlar tomonidan «Qatorterak» mahallasidagi «Pastdarg‘om tuman Obondonlashtirish davlat korxonasi»ga tegishli beton tayyorlash korxonasida hech qanday hujjatlarsiz elektr energiyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanib kelayotganini aniqlanib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shu jarayonda voqea joyiga kelgan korxona ish yurituvchisi Ramz Annabozorov va Pastdarg‘om tuman hokimining yordamchisi Asror Mardiyev MIB xodimlari faoliyatiga qarshilik ko‘rsatilgan. Jumladan, hokim yordamchisi A.Mardiyevning og‘zaki ko‘rsatmasi bilan R.Annabozorov muhrlarni qasddan buzib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishni davom ettirgan.
Holat shundayligicha qolgani yo‘q. «Pastdarg‘om tuman Obondonlashtirish davlat korxonasi» tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani natijasida yetkazilgan 56 mln. 986 ming so‘m zarar qoplanishi ta’minlandi. Shuningdek, Pastdarg‘om tuman prokuraturasi tomonidan hokim yordamchisi A.Mardiyev va korxona ish yurituvchisi R.Annabozorovlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan hamda ular sudning tegishli qarori bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Byuroning tuman bo‘limi boshlig‘ining lavozimidan ozod etilishi bu ishlarga daxli yo‘q. Ayni paytda sobiq bo‘lim boshlig‘i Byuroning boshqa tuman bo‘limida o‘rinbosar lavozimida ishlab kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi