O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida boshqa sohalar qatori sud-huquq tizimida oid masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, tizim mustaqilligi shaxsan o‘zining nazoratida bo‘lishini ta’kidlar ekan, ko‘zga tashlanayotgan ijobiy ishlarni e’tirof etib o‘tdi.
Tadbirdan so‘ng Oliy sud raisi Kozimjon Komilov «Uza.uz» muxbiri bilan suhbatlashar ekan, «hayajoni hali bosilmagani» aytib, davlat rahbarining e’tirofini «sudyalarga ilk ishonchi» deb baholadi. Shuningdek, Oliy mahkama rahbari prezidentning sud tizimi xodimlari bilan 2017 yil 13 iyunida uchrashuvini eslar ekan, o‘shanda adolatni ta’minlash vazifasini qat’iy qilib qo‘yganini aytadi. «Shundan beri o‘tgan vaqt ancha qiyin kechdi. To‘g‘risi, aynan o‘sha vaqtda adolat jar yoqasiga kelib qolgandi», deya ochiq tan oladi K. Komilov.
Bundan tashqari suhbatda sudlar tom ma’noda mustaqil bo‘lishi uchun ancha-muncha ishlar qilish lozimligini ham yashirmaydi: «...2020 yilda sud ana shu ezgu ishlarini yanada chuqurlashtiradi va to‘liq mustaqillikka erishadi. Bu yil biz uchun katta bir sinov, imkon yili. (Yo bu yil yoki hech qachon)»! “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi