Bugun, 25 yanvar kuni Xalqaro press-klubning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Senat raisining birinchi o‘rinbosari — Sodiq Safoyev, Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari — Akmal Saidov, Moliya vaziri — Jamshid Qo‘chqorov, Tashqi ishlar vaziri — Abdulaziz Komilov, Adliya vaziri — Ruslan Davletovlar ishtirok etdi.
Sessiyada Qonunchilik Palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, huquqshunos olim Akmal Saidov propiska tizimi to‘g‘risida shunday dedi:
- Xalqaro huquqiy nuqtai nazardan propiska bu kamsitish, yoki diskriminatsiyadir.
Shuningdek, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov propiska tizimi haqida o‘z fikrlarini bildirdi:
"Propiskaning bekor qilinishi iqtisodiyotning o‘sishiga ko‘mak beradi. Ya’ni ish odam qidirmaydi, balki odam ish qidirishi mumkin bo‘ladi. O‘z o‘rnida urbanizatsiya rivojlanadi.
Propiska tushunchasi hech qayerda yo‘q. Bizda ham yo‘q bo‘lishi kerak. Yevropada nega rivojlanish darajasi yuqori, chunki aholi u yerda mobil. Masalan, fuqaro bir hududdan narsalarini mashinaga ortadi va ko‘chib ketadi. Bizda-chi, bir necha yillardan beri bir shahardan, yoki qishloqdan siljimasdan yashab kelayotgan vatandoshlar bor", - dedi Moliya vaziri.
Eslatib o‘tamiz, 24 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Parlamentga Murojaatnoma yo‘lladi. Unda prezident parlament va Hukumatga ichki migratsiyani erkinlashtirishdir, 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib, aniq takliflarni ishlab chiqishni aytdi.
Shundan so‘ng, amaldorlar ham ochiq ravishda propiska tizimining zararlarini gapira boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi