Shu kunlarda «Toshkent» telekanalida «Poytaxt yullarida» ko‘rsatuvi namoyish etildi.
Ko‘rsatuvning 2019 yil dekabr oyida tasvirga olingan sonini tasvirga olish jarayonida jurnalist va operatori Toshkentdagi Qoratosh va Samarqand darvoza ko‘chalari kesishmasidagi mashinalar harakatiga xalaqit qilib, transportini yo‘l yoqasida to‘xtatgan Malibu haydovchisini payqashgan.
OAV vakillari borgan vaqtda qo‘pol munosabatda bo‘lgan, shuningdek, yolg‘on ma’lumot bergan Crafers korxonasi ishchisi Abror Sh. ishdan bo‘shatildi. Bu haqda korxonaning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.
Crafers reklamasi yopishtirilgan avtomobil haydovchisi OAV vakillaridan kim va nima uchun tasvirga olayotganini so‘ragan. Shuningdek, u shahar hokimidan topshiriq olganini aytgan.
«Bu — reklama. Archaga yaqinroq turishi kerak. Shahar hokimi Jahongir aka Ortiqxo‘jayev buyrug‘i bilan kelganman», deya jurnalistga o‘shqirgan haydovchi.
Birozdan so‘ng u mashinaga o‘tirib, voqea joyidan ketib qolgan.
Crafers kompaniyasi matbuot xizmati ushbu hodisa yuzasidan izoh berib, haydovchi ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.
«O‘zbekistonda qonunlar ustuvor va ularga barcha fuqarolar amal qilishi lozim. Shu o‘rinda, yuzaga kelgan tushunmovchilik va noqulayliklar uchun korxonamiz nomidan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi