Irvayndagi Kaliforniya universiteti olimlari atmosfera havosidagi bulutlarning paydo bo‘lishida ishtirok etadigan va odamlarda xavfli astmani keltirib chiqaradigan ko‘plab nanoqismlar, aslida, qo‘ziqorin sporalari ekanligini aniqlashdi. Bu haqda «Science Alert»ga asoslanib «Xalq So‘zi Online» xabar berdi.
Aytilishicha, 2016 yilda tadqiqotchilar Oklaxoma shtatida bir oy davomida diametri 20-60 nanometr bo‘lgan zarrachalarni ushlaydigan asbobdan foydalanib, ularni tutishgan, keyin esa yupqa platina ipiga joylashtirishgan. Molekulalar bug‘langandan so‘ng yuqori aniqlikdagi spektrometr hosil bo‘lgan gazlarni tahlil qilgan va ularning kimyoviy tarkibini aniqlagan.
Olimlarning fikriga ko‘ra, havoga ko‘tariladigan sporalar suv yutadi, shishadi va 30 nanometr diametrli bo‘laklarga bo‘linadi (ular diametri ming nanometrga teng hujayralardan ancha kichikdir).
Nanoqismlar suv molekulalari birikadigan yadrolar rolini o‘ynaydi, shundan so‘ng muz kristallari paydo bo‘lib, ular o‘z navbatida, bulutlarni hosil qiladi.
Shundan so‘ng ushbu zarralar o‘pkaga ancha chuqur kirib boradi. Mutaxassislar ba’zi odamlarda yomg‘ir paytida astma xurujlarining boshlanishini ayni shu omil bilan izohlashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"