Samarqand viloyatining Narpay tumanida kelinoyisining o‘limiga sabab bo‘lgan erkak ushlandi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.
Joriy yilning 31 yanvar kuni Narpay tumanida yashovchi R.M. bilan akasining turmush o‘rtog‘i U.P. o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. R.M. oshxona pichog‘i bilan qurollanib, yangasining yashash uyiga borib, yangasi U.P.ning bo‘yin sohasiga pichoq sanchib, uni qasddan o‘ldirib voqea joyidan yashiringan.
Samarqand viloyat prokuraturasi axborot xizmatining bayonot berishicha, prokuratura xodimlari va tergov-tezkor guruh tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilganda, xonadon ko‘chasidagi ariq ichidan qonga o‘xshash dog‘lari bilan ifloslangan pichoq va boshqa ashyoviy dalillar olingan.
Shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan R.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan. R.M. himoya huquqi bilan ta’minlangan holda JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda, jinoyat ishi bo‘yicha Narpay tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...