3 454
Shavkat Mirziyoyev amaldorlar mol-mulkining daromadiga muvofiqligi tekshirilishini aytdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga 2020 yilgi Murojaatnomasida Prezidentga hisob beradigan, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tashkil etishni taklif qilgan edi. 31 yanvar, juma kuni, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Prezident ushbu tashkilot haqida to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Prezidentning ta’kidlashicha, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul tashkilotning nomi hozircha aniq emas, ammo asosiy ish yo‘nalishlari ma’lum. «Vazirmi, boshqami, bu uyni qurishga, bu mashinani olishga qayerdan asos topdi, bolasini qayerda o‘qityapti, omillar qayerda, degan savolga har bir rahbar javob beradigan vaqt kelyapti... Qurgan uyini ham asoslab berishi kerak», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, yangi tashkilotda «hamma kuch-qudrat bo‘ladi, faqat uyqu vaqtidagi tushni ko‘rolmaydi, xolos», boshqa hamma narsani bilishi mumkin.
- Amaldorning bir yillik oyligidan nima qilish mumkin, nechta kostyum olishi mumkin, oilasining topgani bilan nima qila oladi, Prezidentning oyligi bilan nima qilish mumkin, boshqa kattalarning oyligi bilan nima qilish mumkin — hammasini yozib beramiz. Biz bunga juda katta tayyorgarlik ko‘ryapmiz, - deydi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentning ta’kidlashicha, amaldorning mol-mulki uning daromadiga nomuvofiq bo‘lsa, u buni izohlab berishi kerak. «Bularni qayerdan oldingiz, deb so‘raladi. Amaldor yozib beradi. Yo‘qsa, to‘ningni tashla-da, xalqning ichida rahbar bo‘lishga haqing yo‘q. Qonun oldida javob beradi. Shu muhitni hammaga yetkazish kerak — boshqa yo‘limiz yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi