date
views 3 583

Toshkentda IIB xodimlari majlis zalida badantarbiya qildi (video)

Toshkentda IIB xodimlari majlis zalida badantarbiya qildi (video)
Internetda fuqarolik kiyimi hamda ichki ishlar organlari formasi kiyimidagi odamlar jismoniy mashqlar qilayotgani — majlis tanaffusida badantarbiya bilan shug‘ullanayotgani aks etgan video tarqaldi. IIBB matbuot xizmati bu holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, poytaxtda 3 kun davomida o‘tgan ushbu majlisda, aniqrog‘i, o‘quv seminarda Toshkent shahri, Namangan, Andijon va Qashqadaryo viloyatidagi ichki ishlar organlari bo‘linmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, hokimlikning yoshlar masalalari bo‘yicha vakillari, shuningdek, Yoshlar ittifoqining hududiy bo‘limlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari ishtirok etgan.

Ajratilgan qisqa vaqt ichida ishtirokchilar yosh yigit va qizlar uchun dolzarb bo‘lgan ko‘plab masalalarni ko‘rib chiqishi lozim bo‘lgan.

Seminar tanaffus vaqtlarida esa ishtirokchilar badantarbiya bilan shug‘ullanib, ofislarda kompyuter qarshisida o‘tirib ishlaydiganlar uchun mo‘ljallangan oson jismoniy mashqlarni bajargan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda IIB xodimlari majlis zalida badantarbiya qildi (video)