Toshkentda havo ifloslanishi darajasi ma’lum qilindi

Toshkentda havo ifloslanishi darajasi ma’lum qilindi
Foto: Kun.uz
31 yanvar, 1-2 fevral va 3 fevral tongida Toshkent shahri meteorologik sharoitlari havo muhitida zararli moddalarning kuchli tarqalishiga imkoniyat yaratdi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, statsionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra qator tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.)dan ortgani qayd etilgan.

Azot dioksidi bo‘yicha:
Yunusobod, Yashnobod, Mirobod tumanlarida REM b.m.dan yuqori 4 holat kuzatildi.
Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlar bo‘yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi.

Qayd etilishicha, 5 fevral va 6 fevral tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning bir oz yig‘ilishiga imkoniyat yaratadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar