date
views 3 532

O‘z onasi tomonidan tahqirlangan bola...

O‘z onasi tomonidan tahqirlangan bola...
Fuqaro F.F. o‘zining 2014 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi F.J.ni voyaga yetmaganligini, ojiz ahvoldaligini bila turib, 2019 yil avgust oyining boshlaridan to 2019 yil 25 sentabr kuniga qadar davrda o‘zining yashash manzilida tanasining turli qismlariga qo‘llari va o‘tmas jismlar bilan urib, muttasil ravishda do‘pposlab kelib, hovlisiga qamab, turli yo‘llar bilan qiynagan.

Karmana tumani STEBning xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan F.J.da:
  • bosh miya chayqalishi, burun suyagining sinishi, bosh ensa, yuz, lunj, ikkala yelka, bilak va qo‘l kafti ikkala boldir sohasi yumshoq to‘qimalarining va teri osti gematomalari so‘rilish bosqichi;
  • burun qirrasi, o‘ng qo‘l yelka, tirsak bo‘g‘imi, o‘ng qo‘l kaft tashqi yuzasi, chap qo‘l bilak bo‘g‘imi, tirsak, chap ko‘z pastki qovoq, chap tomon ko‘krak qafasi 9-10-qovurg‘alar proyeksiyasi;
  • chap tomon dumba, o‘ng oyoq tizza, boldir, kaft, chap oyoq tizza, boldir sohalardagi qontalashlar;
  • bosh ensa sohasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, shu sohadagi shilinma, bosh ensa yuqori qismidagi, o‘ng qo‘l va o‘ng oyoq kaft sohalaridagi shilinma kabi jarohatlari bilan sog‘lig‘ini buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Fuqaro F.F.ga ushbu qilmishlari uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 110-moddasi 2-qismining “a,v” bandlari bilan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘z onasi tomonidan tahqirlangan bola...