Bugun, 4 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:21da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining charter reys orqali O‘zbekiston fuqarolarini Xitoydan evakuatsiya qilgan samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Uning bortida Xitoyning qator hududlaridan 250 nafar O‘zbekiston fuqarolari va 13 nafar ekipaj a’zolari vatanga qaytib keldi.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan Xitoydan qaytib kelayotgan barcha yo‘lovchilar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladilar, u yerda butun karantin davrida malakali tibbiyot xodimlar kuzatuvi ostida bo‘ladilar hamda barcha zaruriy dori-darmon, tibbiyot vositalari va tegishli oziq-ovqat bilan bepul ta’minlanadilar.
— Shukhrat (@bankir2102) February 4, 2020
Uxan shahridan va Xitoyning boshqa mintaqalaridan olib kelinayotgan O‘zbekiston fuqarolari butun inkubatsion davrda karantinda ushlab turiladi. 14 kun davomida ularning oila a’zolari, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashishiga ruxsat berilmaydi.
4 fevral kuni maxsus charter reys karantin hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun Uxan shahriga uchib ketishi rejalashtirilmoqda.
Charter reysga Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy tekshirish institutining yuqumli kasalliklar bo‘yicha tajribali mutaxassis va epidemiolog-shifokorlari hamrohlik qilishdi.
Evakuatsiya qilingan yo‘lovchilar samolyotga chiqish paytida dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shuningdek, yuqumli kasalliklar bo‘yicha malakali shifokor-mutaxassislar aeroportda Xitoydan kelgan yurtdoshlarimizni tekshirib, avtobuslarga chiqardi.
Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savollar bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qilish mumkin: +998 (71) 276-49-66.
Ayni vaqtda olib kelinganlarning qanchasi xavfli koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Uxandan evakuatsiya qilingani ma’lum emas. Uxanda qolayotgan boshqa vatandoshlarni ham olib kelish uchun yana bir samolyot Xitoyga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni