Sudya mantiyasi - ko‘plab mamlakatlarda sudlarning, shuningdek, boshqa toifadagi adliya xodimlarining, advokatlar va prokurorlarning kiyimi hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarda mantiyani kasbiy vazifalarni bajarishda va sud muhokamalarida kiyishadi. Sudya mantiyasi - bu davlat hokimiyatining ramzlaridan biri bo‘lib, sudyalarga odil sudlovni amalga oshirayotganlarning barchasiga sudyaning alohida maqomi, sudyaning tashqi ko‘rinishi insonning hamma narsasini yashiradi va shu bilan sudyaning insoniy hissiyotlari, protsess ishtirokchilariga nisbatan shaxsiy munosabatiga ta’sir qilmaslik kerakligini anglatadi.
Mantiya uchun qora rang tasodifan tanlanmagan: bu xolislikni anglatadigan, sud tizimining mavqeini va obro‘sini ta’kidlaydigan rang. Mantiya dastlab G‘arbiy Yevropada va O‘rta Osiyoda paydo bo‘lgan va ruhoniylarning kiyimlaridan chiqqan. Sudya mantiyasi bu bizga deyarli o‘zgarmay kelgan professional kiyimlardan biridir. Ba’zi mamlakalatlarda sudyalar ramziy liboslar kiyadilar. Fransuzlar moviy, qora baxmal, inglizlar esa binafsha rang, parik va oltin kashtalar shular jumlasidandir.
Nafaqat yevropalik sud hakamlari mantiya kiyib olishgan, balki shunga o‘xshash liboslar qadimgi Xitoyda ham qabul qilingan. Imperator va amaldorlarning ko‘k rangdagi liboslari olamni va uning mukammalligini, osmonning kuchini va yerdagi osmonning vakili sifatida imperatorning ramzi hisoblangan. Mantiyaning yenglari yumaloqligi odob axloqiy tarbiya, tikuvlarning to‘g‘riligi, adolat yuritish, pastki chet gorizantal nuri iroda mustahkamligi va yurakning xotirjamligini anglatadi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga sudyaning maxsus kiyimi tavsifi va namunalarini ishlab chiqish topshirilgan.
Sudyalarning maxsus kiyimi tavsifi va namunasining tasdiqlanishi nafaqat “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunlarning talabini amalda ijro etilishi, balki odil sudlovni amalga oshirish borasida umum e’tirof etilgan xalqaro tamoyillarning milliy qonunchilikka joriy etilishi hamda sud hokimiyatining nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida” gi qonunining 84-moddasida sudlar sud majlisini maxsus kiyimda olib borishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 12 oktabrdagi SQ-519-III-sonli “O‘zbekiston Respublikasi sudyalarining maxsus kiyimi tavsifi va namunasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy yilning 5 fevral kunidan boshlab sud majlislarini maxsus kiyim “mantiyada” o‘tkazish belgilandi. Shu sababli sud binosidagi sud majlislarini olib borishda sudyalar mantiya kiygan holda ish olib bormoqda. Sayyor sud majlislarida mantiya kiygan holda sud majlisini olib borilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
A.Jumayev
Quva tuman ma’muriy sudining raisi
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Quva tuman ma’muriy sudining raisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi