
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berishicha, 2020 yil 6 fevral kuni soat 00:35 da tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 00:00larda Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasi «Myasnoy – Larek» do‘koni qarshisida Shayxontohur tumanida yashagan D.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan orqaga qayrilib olayotgan vaqtida, Uchtepa tumanida yashovchi J.M boshqaruvidagi «Spark» rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, «Matiz» rusumli transport vositasi haydovchisi D.A. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
«Matiz» rusumli transport vositasida bo‘lgan yo‘lovchi A.M. hamda «Spark» rusumli avtomobil yo‘lovchilari A.A. va A.X.lar olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar