
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan sud va boshqa organlar hujjatlarini so‘zsiz ijro etish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ishlar qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, bo‘lim ish yurituvidagi jismoniy shaxslarning foydasiga ish haqi undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosi qisqa muddatda ta’minlanmoqda va fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanmoqda.
Jumladan, bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan sud qaroriga asosan Qo‘ng‘irot “Agrotexservis” MCHJdan 10 ta fuqaroning foydasiga 51,4 mln. so‘m ish haqi undirish belgilangan. Majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor korxonaning nomiga rasmiylashtirilgan inshootlar aniqlanib, elektron onlayn-auksion savdo maydonachiga sotuvga qo‘yildi va sotuvdan tushgan mablag‘lar qarzdorlik uchun o‘tkazib berildi.
Shu kabi, qarzdor “Ustyurtgaz” korxonasidan 3 ta fuqaroning foydasiga 52,1 mln. so‘m va uy-joy mulkdorlari shirkatidan ish haqilari berilmasdan kelayotganligi bo‘yicha sudga murojaat qilgan 6 ta fuqaroning 12,4 mln. so‘m ish haqilarini undirib berish to‘g‘risidagi ijro hujjatining ijrosi majburiy ijro harakatlari natijasida qisqa muddatda to‘liq ta’minlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar