date
views 3 534

Telegramdagi firibgar qo‘lga olindi

Telegramdagi firibgar qo‘lga olindi
Zamon, taraqqiyot rivojlanishi bilan jinoyatlar ham “zamonaviylashib” ketyapti. Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi T.J. telegramda kanal ochib, birovlarning pulini nohaq o‘zlashtirish yo‘liga o‘tib oldi.

Jumladan, u 2019 yil 1 sentabr kuni “Bukhara online shop” guruhini ochib, unda Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan ayollar kiyimlarini arzon narxlarda onlayn tarzda sotilishini e’lon qilgan. Guruhga a’zo bo‘lgan fuqaro Z.E. ga o‘zini Sarvinoz deb tanishtirib, uning ishonchini suiiste’mol qilgan. “Sarvinoz” Z.E.ga Turkiya davlatidan arzon kiyim yetkazib berishni va’da qilib, aldab, oldindan to‘lov sifatida 520000 so‘m miqdoridagi pullarni plastik to‘lov kartochkasiga o‘tkazib olgan.

Bundan tashqari, T.J. o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, fuqaro R.F.ning ham 300000 so‘m miqdoridagi pulini o‘zlashtirgan.
Yana bir necha ishonuvchan, sodda odamlarning pul mablag‘larini plastik kartagasiga o‘tkazib olgan T.J. oxiri ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Telegramdagi firibgar qo‘lga olindi