date
views 3 780

Bosh prokuror noqonuniy muomaladagi qancha dollar olib qo‘yilganini ma’lum qildi

Bosh prokuror noqonuniy muomaladagi qancha dollar olib qo‘yilganini ma’lum qildi
2020 yil 8 fevral kuni Bosh prokuraturada prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirokida kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan hay’at majlisida prezidentning 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar hamda prokuratura organlarining mamlakatda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2019 yildagi faoliyati natijalari muhokama qilindi.

Hay’at majlisida O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’ruza qildi.

«Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida aybdor shaxslardan jami 2 trln. 341 mlrd. so‘mlik zararni qoplanishi ta’minlandi.

Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning profilaktikasini samarali tashkil etish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 647 ta muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishlari o‘tkazildi. Hamkorlikda ko‘rilgan choralar natijasida umumiy jinoyatchilikni 6 foizga kamayishiga erishildi, 3.074 ta mahallalarda jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.


Prokuror protestlariga asosan jinoiy sudlarning 1 997 nafar shaxsga nisbatan qarorlari, shuningdek fuqarolik sudlarining 1 455 ta, iqtisodiy sudlarning 786 ta, ma’muriy sudlarning 1 085 ta qarorlari o‘zgartirilishi yoki qonunga muvofiqlashtirilishi ta’minlandi. Prokuratura organlari tomonidan 2019 yilda 313 mingdan ortiq fuqaroning murojaatlari bevosita prokuratura organlarida hal etildi,
46 mingdan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi
», - dedi bosh prokuror.

Ta’kidlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan budjetga 1,4 trln. so‘mga yaqin mablag‘ qo‘shimcha hisoblanib, shundan 563 mlrd. so‘mi undirildi, noqonuniy muomaladagi 3 mln. 306 ming AQSH dollari va 6,9 mlrd. so‘m olib qo‘yildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuror noqonuniy muomaladagi qancha dollar olib qo‘yilganini ma’lum qildi