Toshkentning 8 ta tumanida tergov bo‘linmalariga ayollar rahbar etib tayinlandi

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasining hududiy bo‘linmalarida rahbarlik lavozimlariga ayollar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Podpolkovnik Yarochkina Svetlana Fatixovna - Sirg‘ali tumani 3-sonli IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;
Podpolkovnik Abduraxmanova Dilorom Sabirdjanovna – Yashnobod tumani 4-sonli IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;
Podpolkovnik Jurayeva Kunduz Xurramovna - Olmazor tumani 1- sonli IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;
Podpolkovnik Niyazxanova Ra’no Bazartayevna – Bektemir tumani 1-sonli IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;
Podpolkovnik Sadikova (Djurabayeva) Lola Maxmudjanovna – Mirzo Ulug‘bek tumani 8-sonli IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;
Podpolkovnik Tashxodjayeva Dilfuza Tulkinovna – Shayxontohur tumani 6-sonli IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;
Podpolkovnik Tulyaganova Fatima Nigmanovna – Yakkasaroy tumani 3-sonli IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga;
Podpolkovnik Xikmatova Kamola Yuldashevna – Mirobod tumani 1-sonli IIB FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga.
Tergov departamenti tayinlangan rahbarlarga yangi lavozimlarida omad va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing