Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida ikki firibgar tuman hokimi qarorini qalbakilashtirib, o‘zga shaxsga tegishli yer uchastkasini 3500 AQSH dollariga sotib yubordi. Viloyat prokuraturasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog‘ining xabar berishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida firibgarlik jinoyatiga oid holat fosh etilgan.
S.B. va H.T. ismli shaxslar, o‘zlarini Boyovut tumani «Yermulkkadastr» davlat unitar korxonasi bo‘limi xodimlari ekanini ma’lum qilib, fuqaro D.I.ga Boyovut tumani, Qarobchi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, aslida fuqaro N.A.ga tegishli bo‘lgan yer uchastkasini sotishgan. Firibgarlar ushbu yer fuqaro Sh.N.ga tegishli ekanini aytib, bu haqdagi Boyovut tumani hokimi qarorini qalbakilashtirgan.
S.B. va H.T. shu tariqa fuqaro D.I.ning ishonchiga kirib, undan jami 3500 AQSH dollari miqdoridagi pulni firibgarlik yo‘li bilan olib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Boyovut tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda