
7 fevral kuni Past Darg‘om tumani «Vatanparvar» tashkiloti rahbari qo‘l ostidagi xodimini haqoratlagani haqida material e’lon qilingan edi. O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Samarqand viloyat kengashi tahririyatga holat yuzasidan rasmiy munosabat yo‘lladi.
«Vatanparvar» tashkiloti Samarqand viloyat kengashining buyrugiga asosan Past Darg‘om tuman o‘quv sport texnika klubi xodimlar bo‘yicha inspektori Choriyeva Farzona 2020 yil 3–7 fevral kunlari Toshkent shahridagi «Vatanparvar» tashkiloti kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Markaziga o‘qishga yuborilishi lozim edi.
F.Choriyeva xizmat safari xarajatlarini oldindan to‘lab berishni so‘rab Past Darg‘om tuman o‘quv sport texnika klubi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi F.Javbo‘riyevga murojaat qilgan. F.Javbo‘riyev F.Choriyeva xizmat safariga borib kelgandan so‘ng, xizmat safari xarajatlarini tegishli hujjatlar asosida to‘lab berishini aytgan. Shundan so‘ng, rahbar va xodim o‘rtasida nizo kelib chiqqan.
Ushbu holat yuzasidan viloyat kengashi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Yakunda F.Javbo‘riyevning xodimiga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib muomala madaniyati chegarasidan chetga chiqqani, F.Choriyevani xizmat safariga yuborish to‘g‘risidaga buyruq chiqarilgan bo‘lsa-da, asossiz ravishda yubormagani, xodimga xizmat safariga ketishdan oldin kundalik, yo‘l xarajatlari, turar joyni ijaraga olish xarajatlari chegarasida pul ko‘rinishidagi avans (bo‘nak) to‘lab bermagani aniqlanib, unga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llandi», — deyiladi O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Samarqand viloyat kengashining rasmiy munosabatida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar