O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalarini rasmiylashtirishning «yevroprotokol» tamoyillariga asoslangan soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi mumkin. Bu – 2020 yilgi davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.
Loyihaga ko‘ra, qator normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqish orqali:
- YTHlarni Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi, kelib chiqqan zararni to‘lash shartlari;
- YTH bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilmasdan, bu haqdagi ma’lumotlar (shu jumladan, suratga yoki videoga olish orqali) uning ishtirokchilari tomonidan xabarnoma blankasida aks ettirilishi va sug‘urta tashkilotlariga taqdim etish;
- YTHda ishtirok etgan transport vositalari sug‘urtalovchilar talabiga ko‘ra ko‘rikdan o‘tkazish yoki mustaqil texnika ekspertizasi uchun taqdim etish;
- YTHni ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtirish yuzasidan to‘lanadigan sug‘urta tovonining cheklangan miqdorini belgilash kabi qoidalar belgilanishi nazarda tutilmoqda.
Davlat dasturining ushbu bandi uchun IIV, Transport vazirligi va Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi mas’ul etib belgilanmoqda.
Hujjat loyihalari 1 mayga qadar ishlab chiqilishi kutilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi