Foto: newsshooter.com
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. «MAVIC PRO» nomli dronni xaridorga 750 AQSH dollariga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, uchuvchisiz uchadigan apparat ashyoviy dalil sifatida olingan va X.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-4-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu moddaga asosan, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlangan. 244-4-moddaning barcha qismlari sanksiyasi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq.
O‘tgan hafta Toshkent viloyatida drondan foydalanib videolavha olmoqchi bo‘lgan uch kishi qo‘lga olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik bundan bir yil oldin belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi