7 fevral kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumani jinoyat sudida jayron ovchilariga nisbatan sud ishining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sud hukmiga muvofiq ushbu qonunbuzarlikni sodir etgan 5 nafar fuqaroning 4 nafariga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasi 3-qismining tegishli bandlariga muvofiq 3 yil muddatga, 1 nafariga esa 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi belgilangan.
Shuningdek, jami 66 900 000 so‘m miqdorda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan va undirib olingan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan 2019 yil 24 avgustdan 25 avgustga o‘tar kechasi uch dona ov quroli hamda kuchli yoritish quvvatiga ega projektorlardan foydalangan holda tumanning Qorako‘l ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan 2 bosh jayronni ovlagan 5 nafar fuqaro Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari hamda chegara harbiy qism askarlari tomonidan to‘xtatib qolingani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasiga muvofiq ish qo‘zg‘atilib, hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, sudga oshirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi