O‘zbekiston yalpi milliy mahsulotida 6 foiz ulushga ega qurilish sohasida pudrat tashkilotlari uchun reyting tamoyillari joriy etiladi. Bundan tashqari, ularning raqamlashtirilgan bazasi tashkil etiladi. Shu bilan birga, quruvchi mutaxassislar uchun «razryad» - malaka darajasi joriy qilinadi. Qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov matbuot anjumanida shu masalalarga batafsil to‘xtaldi.
«Afsuski, 2 yil ichida 3700ta qurilish loyihasi bo‘lgan, shundan atigi 186tasi tenderda o‘tgan, qolgan qurilish ishlari buyurtmachilar orqali tanlangan pudrat tashkilotlariga berilgan. Ob’ektning qurilishi, uning sifati, nazorati, qurilish jarayonining shaffofligi qiyin bo‘lgan.
Tender tashkil etish bo‘yicha ilg‘or davlatlar, Turkiya, Xitoy va Rossiya tajribasini o‘rganganimizda, bizni qiziqtirgan narsa bu – reyting masalasi bo‘ldi. Unga muvofiq, tender o‘tkazilganda, reytingning asosiy omillariga qaraladi.
Tenderda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda pudrat tashkilotlarining reytingiga qaraladi. Buning o‘z talablari bor. Misol uchun, ishchi-mutaxassislarining kamida 50 foizi sertifikatlangan bo‘lishi kerak. Chet ellarda 3 oylik kasb-hunar kurslari juda ko‘p. Ular davlat va xususiy sektor tomonidan tashkil etilgan.
3 oylik kursda o‘qigan mutaxassis imtihondan o‘tib, sertifikat oladi. Har bir pudrat tashkiloti esa, reytingini oshirishi uchun sertifikati bor mutaxassislarni ishga oladi. Biz 2020 yilda o‘quv kurslari bo‘yicha ishlarni ham boshlab yubordik. Vazirlik tasarrufida 14ta kollej va 3ta texnikum bor. Bu yo‘nalish ham raqamlashtirilyapti. O‘quv kurslarini bitirgan ishchilar haqida elektron baza bo‘ladi. Ishchilar bir tashkilotdan bo‘shab, ikkinchisiga ishga yollanganda ham bazada ko‘rinadi.
Ilgari bo‘lardi, hozir, qaytadan yo‘lga qo‘yilmoqda. 6ta razryad bo‘ladigan bo‘lsa, 5-6- razryadlarni olish juda qiyin bo‘lib, ular faqat o‘ta professionallarga taqdim etiladi. Imtihoni amaliy ko‘rinishda bo‘ladi. Bu ishlar amalga oshirilsa, raqobat paydo bo‘ladi, reytingini oshirgach, o‘z korxonasini tanitishga urinadi va bunday salohiyatli pudrat tashkilotlari soni ortadi.
Reytingning bir ko‘rsatkichi ishchilarning kasb-hunari bo‘lsa, ikkinchisi texnik xavfsizlik omili bo‘ladi. Hozirgi kunda, bu borada juda ko‘p muammolar bor. Bu borasida Mehnat vazirligi bilan ish olib boryapmiz.
Bunda ham ilg‘or davlatlar tajribasini o‘rgandik. Endilikda, bizlar yangicha talab qo‘yamiz va shu asosda ishlar olib boriladi.
Soliq to‘lashi bo‘yicha ma’lumotga ham e’tibor qaratiladi. Banklardan hisob raqamidagi mablag‘iga doir ma’lumot olib beradi. Reyting shu omillar asosida yuritiladi.
Bizlarda qurilish tashkilotlari litsenziyalanmagan, biz ularni bu yo‘l bilan nazorat qila olmaymiz. Shu bois, tenderda ishtirok etishing uchun reyting bo‘lishi kerak, unda mana bu tamoyillar bo‘lishi lozim, shundagina tenderda ishtirok etishga ruxsat berish borasida takliflar bildirilmoqda, xorijiy maslahatchilar tomonidan. Mana shu narsalar qurilish sifati oshishi, har bir pudrat tashkiloti ishchi-xodimlarining kasbiy mahorati oshishiga olib kelishi ta’kidlanmoqda.
Bu yo‘lga qo‘yilsa, mutaxassislarga talab oshadi, bugungi kundagi yollanma ishchilar ham kursga borib o‘qib keladi. Mutaxassisga aylanganidan so‘ng, maoshi ham shunga yarasha ko‘tariladi. Qolaversa, barchasi raqamlashtirilgach, maxfiy iqtisodiyotning ham oldi olinadi. Chunki, barchasi raqamlashtirilsa, ma’lumotlar soliq tizimiga bog‘lanadi, boshqa jihatlari ko‘rinib turadi.
Shu bilan birga, pudratchilarning «qora ro‘yxati» ham tuziladi. Reyting qoidalariga rioya qilmagan pudrat tashkilotlari ushbu ro‘yxatga kiritiladi va ular tenderda qatnasha olmaydi», - dedi Qurilish vaziri o‘rinbosari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi