22:30 / 14.02.2020
5 102

Maktab qizlarining janjali tasvirlangan video tarqaldi

Maktab qizlarining janjali tasvirlangan video tarqaldi
Foto: Videolavhadan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh qizlarning janjali tasvirga tushirilgan video tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi mazkur videoni o‘rganib chiqqan.
Qayd etilishicha, ushbu video 2019 yilning aprel oyida Toshkent shahrida olingan. Videodagi voqealar dars jarayonidan so‘ng, maktab hududidan tashqarida olingan. Mazkur voqea Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman idoralararo komissiyasi tomonidan muhokama etilgan.

Komissiya qaroriga ko‘ra, janjalda ishtirok etgan 11 nafar qizlarning ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi 1-qismiga ko‘ra farzand tarbiyasiga befarqliklari uchun eng kam ish haqining uch barobari miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Shu bilan birga o‘quvchi qizlar bir yil muddatga tuman IIO FMB profilaktik hisobiga qo‘yilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
«Bola asosiy tarbiyani o‘z oilasida oladi. Har bir ota-ona o‘z farzandi uchun mas’ul hisoblanadi. Shu bois ota-onalardan farzand tarbiyasiga befarq bo‘lmasliklarini so‘rab qolamiz», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktab qizlarining janjali tasvirlangan video tarqaldi