22:15 / 15.02.2020
3 746

Kusherbayev: “Agar sudya to‘la ochiq va mustaqil bo‘lmas ekan, korrupsiya avj olaveradi”

Kusherbayev: “Agar sudya to‘la ochiq va mustaqil bo‘lmas ekan, korrupsiya avj olaveradi”
Bugun Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi ommaviy axborot vositalarida korrupsiya mavzusini yoritish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazdi.

Davra suhbatida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligining O‘zbekistondagi elchisi janob Tim Torlou, Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev, huquqshunos jurnalist Karim Bahriyev va respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan jurnalistlar qatnashdi.

Jurnalistlar sud jarayonlarida erkin qatnasha olmasliklari, ba’zida qatnashsalar-da jarayonni video yoki ovozli tarzda muhrlashga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha e’tiroz bildirdilar va Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayevga qachon sud jarayonlarida jurnalistlar erkin qatnasha oladi, degan savol berdilar.

Rasul Kusherbayev mazkur savol yuzasidan quyidagi fikrlarini bayon qildi.
Ochiq sudda agar unda maxfiy, tijorat, oilaviy va davlat sirlari bo‘lmasa shunga qaramasdan sudya jurnalistning jarayonni yozib olishidan cho‘chisa, bunday Sudyadan voz kechish kerak.

Men bunday sudyalarni ishdan bo‘shatilishi tarafdoriman. Agar, sud jarayoni bir necha kun davom etsa, Sudya o‘sha jurnalistdan sud yakuniy hukmni bermaguncha yozib olingan ma’lumotlarni e’lon qilmaslikni so‘rashi mumkin. Biroq, sud har bir jarayonni jurnalist kuzatuvi va ishtirokida bo‘lishiga qarshilik qilmasligi kerak
”.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, “Sudyalar ochiq sud jarayoniga jurnalistni kiritmasa va unga yozib olish uchun imkoniyat bermasa, demak u o‘z faoliyatini ochiq olib borishdan qo‘rqadi”.

Faoliyati haqida kimgadir ochiq axborot berishdan qo‘rqqan sudyani qandaydir kamchiligi bor. Agar sudya to‘la ochiq va mustaqil bo‘lmas ekan, korrupsiya avj olaveradi, ochiqlik, shaffoflik bo‘lmaydi”, – dedi deputat Kusherbayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kusherbayev: “Agar sudya to‘la ochiq va mustaqil bo‘lmas ekan, korrupsiya avj olaveradi”