Rus blogeri: “Samarqandga kelsangiz, ko‘chalarda ehtiyot bo‘ling!”

Rus blogeri: “Samarqandga kelsangiz, ko‘chalarda ehtiyot bo‘ling!”
Ilya Varlamov degan rus blogeri Samarqand shahriga kelganini tasvirlar ekan, taomlarimizga qoyil qolganini, Registonning go‘zalligini tasvirlab, anchagina tanqidiy fikrlarini ham bildirib ketibdi.

Uning aytishicha, Samarqanddagi eng katta muammo – uning ko‘cha va yo‘llari ekan. Beton bordyurlarning 40 santimetrligi, yo‘llarning kovlab tashlanganini yozar ekan, bloger bilmagan odam bu yerda oyog‘ini sindirib olishi tugul o‘lib ketishi ham hech gap emas, deydi.

Ko‘chalarning o‘rtasidagi chuqurlar ham uning kamerasidan chetda qolmagan.
Rus blogeri: “Samarqandga kelsangiz, ko‘chalarda ehtiyot bo‘ling!”
«Samarqandga kelsangiz, ko‘chalarda ehtiyot bo‘ling!», deb hikoyasini tugatgan rus blogeri.

Ilya Varamovning yozganlarini eng avval Samarqand shahri hokimi, qurilish va obodonchilikka mas’ul shaxslar o‘qimoqlari, ko‘rsatilgan kamchiliklarni tez fursatlarda isloh qilishga harakat qilishlari shart. Chunki, Samarqand Buxoro va Xiva bilan bir qatorda yurtimizning eng asosiy sayyohlik shaharlaridir.
Rus blogeri: “Samarqandga kelsangiz, ko‘chalarda ehtiyot bo‘ling!”
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar