Joriy yilning 17 fevral kuni soat 02:40da Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani, Sardoba shaharchasi, «Ko‘rkam diyor» MFY, Robot ko‘chasidagi 3-uy, 1-xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in natijasida uyning kirish yo‘lagi va yotoqxonasining 40 kv.m maydondagi uy jihozlari yongan. Yong‘in soat 03:00da o‘rab olinib, soat 03:45da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida ushbu uydagi 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Vafot etgan fuqarolar: B.Z. 1972 y.t. (uy egasi), N.X., 1976 y.t. (turmush o‘rtog‘i), O.Sh., 1996 y.t. (qizi), O.D., 2006 y.t. (qizi), O.A., 2010 y.t. (o‘g‘li), N.N., 2018 y.t. (nabirasi).
Voqea joyiga FVV rahbariyati, viloyat FVB, IIB, prokuratura, tuman FVB, SSB xodimlari, IIB tergov tezkor guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi