Abdulla Aripov «Human» xususiy bandlik agentligidan jabrlangan fuqarolar bilan uchrashdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qildi.
Hukumat rahbari bundan keyin tashqi mehnat migratsiyasi bilan faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shug‘ullanishi maqsadga muvofiqligini qayd etib o‘tdi.
Bosh vazir shuningdek, prezident topshirig‘i bilan «Human» XBAdan zarar ko‘rgan 1086 nafar fuqaro mablag‘lari to‘lab berilishini ma’lum qilgan.
Mablag‘lar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi maxsus jamg‘armadan qoplanadi, keyinchalik bu pullarni agentlikdan undirish choralari ko‘riladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga 2018 yil kuzidan boshlab ruxsat berilgan edi. Shundan keyin o‘tgan bir yil davomida 66ta XBAga fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berilgan.
Hozirda bir nechta XBAlari ustidan jinoyat ishi ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun kunning birinchi yarmida «Human» xususiy bandlik agentligi faoliyatidan jabr chekkan 50 dan ortiq kishi Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoni yonida to‘planib, pullarini qaytarishni talab qilishgandi. Voqea joyida aholi vakillari bilan muzokara o‘tkazgan rasmiylar hukumat rahbarlari bilan uchrashuv belgilashgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi