Moskvadagi “Tyubeteyka” xalqaro madaniyat festivalida o‘zbekistonlik oshpazlar dunyodagi eng katta lag‘mon tayyorlash bo‘yicha rekord o‘rnatishdi. Ular tayyorlagan lag‘monning og‘irligi qariyb 798 kilogrammni tashkil etdi.
Moskvadagi “Tyubeteyka” xalqaro madaniyat festivalida taniqli o‘zbekistonlik oshpaz Hakim G‘aniyev boshchiligida oshpazlar eng katta lag‘mon tayyorlash bo‘yicha rekord o‘rnatishdi.
“Tyubeteyka” xalq amaliy sanati festivali bo‘lib, unda turli xalqlarning madaniy merosiga bag‘ishlangan loyiha hisoblanadi. Bu loyiha o‘z mahoratini namoyish etishga, mehmonlarga o‘z xalqlarining madaniyati va tarixini ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan mamlakatlarning hunarmandlarini bir joyga jamlashga imkon beradi.
“Interrekord” rekordlarni qayd etish agentligi tayyorlangan og‘irligi 797 kilogrammu 750 gramm bo‘lgan o‘zbek lag‘monin rasman qayd etdi. Bu besh yil oldin Qozog‘iston o‘rnatgan rekordni yangilandi. O‘shanda Olmaotada tayyorlangan lag‘monning og‘irligi 687 kilogrammni tashkil etgan edi.
Festival tashkilotchisi Fotima Orifjonovaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu lag‘mon kamida ming kishiga yetadi. Aytgancha, lag‘monning bir qismi Toshkentga olib borilib, mehribonlik uylariga tarqatiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi