
Foto: blogerning sahifasidan
Andijon viloyati Asaka shahrida bloger Otabek (Abdupatto) Nuritdinov kaltaklab ketildi. Bu haqda blogerning o‘zi «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘i orqali ma’lum qildi.
Aytishicha, u bugun Asakadagi «Xolid Ibn Volid» masjidining shundoq biqinida «Spirtli ichimliklar do‘koni» faoliyat yuritayotgani haqida tarmoqdagi sahifasiga post qo‘ygan va tuman hokimligi matbuot xizmatidan ushbu holatga munosabat kutishini ma’lum qilgan.

Foto: blogerning sahifasidan skrinshot
Oradan bir necha soat o‘tib, blogerning uyiga bir nafar ayol va ikki nafar yigit keladi. O‘zlarini aroq do‘koni egalari ekanini aytgan mehmonlar uning telefon raqami va manzilini Asaka shahar IIB xodimlaridan olganini aytishadi. Ikki o‘rtada suhbat poyoniga yetib ulgurmay, kutilmagan mehmonlar O.Nuritdinovni qasddan urib, tan jarohati yetkazishadi.
Ayni voqelik ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar