ATB «Mikrokreditbank» boshqaruvi sobiq raisi Murodullo Eshmatovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Bu haqda «jahon.uz» sayti o‘z manbalariga tayanib, xabar tarqatdi.
Murodullo Eshmatov (Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan)2019 yilning aprel oyiga qadar Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, undan keyin O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat "Xalq banki" boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelgan.
U 2019 yilning oktabr oyida "Mikrokreditbank" ATB boshqaruvi raisi etib tayinlangan edi.
Markaziy bank Raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Murodullo Eshmatov "Mikrokreditbank" ATB boshqaruvi raisi lavozimida ko‘p ishlamadi.
Uning bu lavozimdagi taqdiri ayanchli tugadi. O‘ziga nisbatan jinoyat ishi ochilganini bilgan sobiq amaldor qochishga urindi, ammo olib borilgan tezkor tadbir natijasida u qo‘lga olingan va vaqtinchalik ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
“Jahon.uz” nashrining ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Murodullo Eshmatov xorijiy investorga (Bu kompaniya va kredit mablag‘lari borasidagi ma’lumotlar, “Jahon.uz” nashri ixtiyorida mavjud. Tergov siri sababli hozircha biz buni ma’lum qilmaymiz) va uning “E.” nomli O‘zbekistonda faoliyat boshlagan kompaniyasiga xorijiy valyutada ko‘p miqdorda kredit bergan va u kredit mablag‘lari xorijiy kompaniyaning hisobga raqamiga tashlab berilgan.
Voqea ayni shu kredit mablag‘larining noqonuniy berilishi ortidan boshlangan, biroq Murodullo Eshmatovga bog‘liq ko‘plab sirlar buning ortidan olib borilgan tezkor surishtiruv natijasida fosh bo‘lgan.
Hozirda huquq-tartibot idoralari Murodullo Eshmatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-, 209-, 167-, 210-moddalari tartibida jinoyat ishi ochgani aytilmoqda (Bu borada rasmiy hujjat ixtiyorimizda yo‘q).
Ishonchli manbaning qo‘shimcha qilishicha, tergov harakatlari boshlangan va uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash bosh boshqarmasi tergovchilari olib bormoqda.
Biz bu borada o‘sha “Ye.” Xorijiy kompaniyasining O‘zbekistondagi A. ismli vakili bilan bog‘lanishga harakat qildik. Ammo, u bizni eshitishi bilan telefonini o‘chirib qo‘ydi.
Bir necha kun avval "Mikrokreditbank" ATB Axborot xizmati rahbari Sarvar Ochilovga ham bu boradagi ma’lumotlarni aytganmiz, u esa bu boshqa masala ekanligini bu borada izoh bera olmasligini bildirgan.
Rasmiy idoralardan ma’lumot ololmagach, biz voqea atrofidagilardan axborotlar to‘plashni boshladik hamda tez kunda jurnalistik surishtiruvning to‘liq tafsilotlarini e’tiboringizga havola etamiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?