16:10 / 19.02.2020
4 641

Xorazmlik erkak aslida lotereyadan Spark avtomobili yutmagani ma’lum bo‘ldi (video)

Xorazmlik erkak aslida lotereyadan Spark avtomobili yutmagani ma’lum bo‘ldi (video)
Foto: Youtube
Xabaringiz bor 16 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi erkakning «Xalq banki»ning «Omad qushi» lotereyasidan Spark avtomobili yutib olgani ta’kidlangan video tarqaldi.

Videoda yosh yigitning yutuq chiqqan lotereya chiptasi «Xalq banki» xodimlari bo‘lgan sotuvchi tomonidan olib qo‘yilgani va evaziga 1000 dollar taklif qilgani aytilgan.

«Xalq banki» ushbu holatga munosabat bildirib, lotereya sotuvchilari bank xodimlari emasligini ma’lum qilgan edi.
Ushbu fuqarolar «Xalq banki» kassalaridan «Omad qushi» lotereyalarining har birini 3 ming so‘mdan sotib olib, fuqarolarga 4 ming so‘mdan sotganligi aniqlandi.

«Xalq banki» matbuot xizmatining xabar berishicha, aslida shovotlik fuqaroga hech qanday Spark avtomobili chiqmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda asossiz ma’lumot tarqatgan fuqarolar «Xalq banki»dan quyidagi video orqali uzr so‘ragan.

Videoda aytilishicha, shovotlik yigit lotereya chiptasini o‘chirganida qizil rangda yozilgan Spark so‘zi chiqqanini aytgan. Aslida agar lotereyadan Spark chiqsa, yutuq nomi qora yoki ko‘k rangda yozilgan bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmlik erkak aslida lotereyadan Spark avtomobili yutmagani ma’lum bo‘ldi (video)