
Saida Mirziyoyeva BAA ijtimoiy taraqqiyot vaziri Hessa bint Iysa Buhumayd xonim bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva shunday dedi:
– Biz BAA ijtimoiy taraqqiyot vaziri Hessa bint Iysa Buhumayd xonim bilan muzokaralar o‘tkazdik. Mamlakatlarimizning gender tengligi sohasidagi tajribasini muhokama qildik.
Buhumayd xonim O‘zbekiston xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish borasida o‘z kun tartibiga qo‘yayotgan masalalarga yuqori baho berdi va ular nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo uchun dolzarb ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, biz davlat boshqaruvida gender tengligiga erishishda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar