Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limining tezkor xodimlari tomonidan tuman hududidagi ovul fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan o‘rganish tadbirlari natijasida noqonuniy ulanish fosh qilindi.
Xususan, bo‘lim xodimlari tomonidan “Berdaq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida energiya resurslaridan foydalanishning qonuniyligi holati o‘rganilganda, ushbu hududda yashovchi fuqaro Jangabayev o‘zining yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi gaz quvuriga yashirin ravishda noqonuniy ulanib foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 101-moddasi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, olib borilgan surishtiruv jarayonida huquqbuzar tomonidan ta’minotchi korxona manfaatlariga 10 mln. 200 ming so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Surishtiruv davrida, huquqbuzar J.K. o‘z qilmishidan afsusdaligini bildirib, ta’minotchi korxonaga keltirgan zararni to‘liq qoplab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi