2 500
Jurnalistlarning ochiq sud majlislarida erkin qatnashishi va axborot olishiga doir me’yorlar ma’qullandi
Foto: aoka.uz
21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi binosida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari, Oliy sud sudyalari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va huquq-tartibot organlari rahbar xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida”gi Plenum qarori loyihasining muhokamasi o‘tkazildi.
Loyihada ommaviy axborot vositalari vakillarini ochiq sud majlislarida erkin qatnashishi va axborot olishlari, buning uchun sudlar zarur sharoit yaratishi, ish yopiq sud majlisida muhokama qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumot hamma uchun ochiq bo‘lishi, yopiq sud o‘tkazilishining asoslari aniq ko‘rsatilishi kabi bir qancha demokratik me’yorlar qatnashchilar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Lekin qarorning 14-bandidagi jinoyat, ma’muriy, iqtisodiy ishni, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ochiq sud protsessini fototasvirga olish, audio-video yozuvni amalga oshirishga faqat sudga raislik qiluvchi ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi, OAV vakillari esa stenogramma va yozma qaydlarni olib borish bilan kifoyalanishi masalasida Agentlik o‘zining tegishli taklif va mulohazalarini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, jurnalist sud protsessi bilan hamohang tarzda yozma qaydlarni amalga oshirishga ulgurmasligi oqibatida ma’lumotlarni to‘liq yozib olmay noto‘g‘ri xabar tarqatib qo‘yishi mumkinligi, audioyozuv yordamida material tayyorlash oson va qulay bo‘lishi sababli ochiq sud protsessida (fuqarolik ishlari istisno) audioyozuvni amalga oshirishiga erkinlik berish kerakligi bayon qilindi.
Muloqot davomida Agentlik tomonidan Rossiya, Belarus va boshqa xorijiy davlatlarda yuqorida ta’kidlangan masalalar qonun hujjati bilan tartibga solingani bildirilib, sudlarning oshkoraligini ta’minlashda navbatdagi qadam sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashabbusi bilan oshkoralikni maqsad qilgan qonun loyihasi tayyorlanishi taklifi ilgari surildi.
Yig‘ilish so‘ngida asoslantirilgan taklif va e’tirozlar inobatga olingan holda “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida”gi Plenum qarori loyihasi asos sifatida qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti