Toshkentda 11 yoshli o‘g‘il va 8 yoshli qiz piyonista ota-onasidan qasddan qochib ketdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Xabar berishlaricha, 16 fevral kuni soat 04:25 da Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga ikki nafar voyaga yetmagan bolalarning otasi 36 yoshli Ye.A. murojaat qilgan.
U 15 fevral kuni soat taxminan 08:00 da 11 yoshli o‘g‘li va 8 yoshli qizi uydan chiqib ketib, noma’lum tomonga yo‘l olgani va uyga qaytib kelmaganini ma’lum qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida bolalar post-patrul xizmati xodimlari tomonidan topilib, uyiga qaytarilgan.
«Ammo keyinchalik bolalar uydan qasddan qochib, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan ota-onasidan qo‘shni uyning tomida yashirinishi ma’lum bo‘ldi», — deyiladi Toshkent shahar IIBB axborotida. Ushbu holat bo‘yicha tekshiruv olib borilib, qo‘shnilarning fikrlari o‘rganilgan.
Qayd etishlaricha, hozirda Ye.A. va uning turmush o‘rtog‘ining ota-onalik huquqini cheklash masalasini hal qilish bo‘yicha hujjatlar to‘plami tayyorlanmoqda. Bolalar esa sud qarori chiqqunicha IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi