17:05 / 23.02.2020
4 994

Namanganda «Tig‘» tadbiri doirasida 435ta tig‘li buyum olindi

Namanganda «Tig‘» tadbiri doirasida 435ta tig‘li buyum olindi
Foto: Namangan viloyat IIB
Sovuq qurol muomalalarini vaqtincha tartibga solish maqsadida ichki ishlar va soliq organlarining hamkorlikdagi maxsus profilaktik tadbirini o‘tkazishning namunaviy rejasi tuzildi.

Namangan viloyat IIB boshlig‘ining fuqarolar tomonidan ko‘cha va jamoat joylarda hayot va sog‘lik uchun xavfli buyumlarni olib yurishiga qarshi kurashishga qaratilgan maxsus profilaktik tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, reja ijrosini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Foto: Namangan viloyat IIB
Jumladan, ta’lim muassasalari, bozorlar, ko‘p qavatli uylar oldi, istirohat bog‘lari, diskoteka, kafe, tungi klub, internet kafelar, spirtli ichimlik bilan savdo qiluvchi va ularni chakana quyish joylari va ularning atrofida, shuningdek boshqa jamoat joylarida fuqarolar tomonidan hayot va sog‘lik uchun xavfli buyumlarni olib yurishlariga qarshi kurashish tadbirlari tashkil etildi.

Viloyat ichki ishlar organlarining 142 ta tekshiruv guruhlari va 25 ta qo‘shimcha patrullik yo‘nalishlari tuzilib, 334 nafar shaxsiy tarkib kunlik tadbirga jalb etilmoqda.

Tadbir davomida hayot va sog‘lik uchun xavfli jami 418 ta, shulardan 225 dona pichoq, 7 dona kastet, 5 dona bita (to‘qmoq), 107 dona boshqa turdagi tig‘li buyumlarni bemaqsad olib yurgan fuqarolar aniqlandi. Ulardan jami 435 dona tig‘li buyumlar olinib, profilaktik ishlar amalga oshirildi.

Foto: Namangan viloyat IIB
Ushbu fuqarolarning 74 nafarini voyaga yetmaganlar tashkil etib, ulardan jami 80 dona shundan, 46 dona pichoq, 6 dona kastet, 4 dona bita (to‘qmoq), 24 dona boshqa turdagi tig‘li buyumlar olindi.

Fuqarolar tomonidan hayot va sog‘lik uchun xavfli tig‘li buyumlarni olib yurmasliklari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Boshqarma PPXvaJTSB

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda «Tig‘» tadbiri doirasida 435ta tig‘li buyum olindi