Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti binosida respublika gidlar guruhi vakillari bilan uchrashib, ularni 21 fevral – Butunjahon ekskursiyachilar kuni bilan tabrikladi.
Aziz Abduhakimov bugungi kunda turizm sohasi rivojlanishida ekskursiyachi gidlarning o‘rni nihoyatda katta ekanligini ta’kidlab, ularning mashaqqatli mehnati va soha rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu o‘rinda Bosh vazir o‘rinbosari qisqa vaqt ichida O‘zbekistondagi gidlar sonini oshirish kerakligi haqida so‘zladi.
Aziz Abduhakimov darhaqiqat sayohat madaniyatini kishilarga bolalikdan shakllantirish zarurligini ta’kidlab, shu yo‘nalishda dastur tuzish va unga ko‘ra, yosh sayyohlarga mo‘ljallangan ko‘rsatuvlarni tashkil qilish, maxsus videokurslarni tavsirga olib tarqatish choralari ko‘rilishini aytdi.
“Ehtimol, Turizm-365 telekanalini ochish vaqti kelgandir, zero ichki turizm bugungi kunda talab darajasida o‘rganilmagan”, - qo‘shimcha qildi bosh vazir o‘rinbosari.
Aziz Abduhakimov bugungi kunda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ekskursiyachi gidlar bilan muloqotga kirishib, operativ ma’lumot almashish imkonini beruvchi yangi loyiha ustidagi ishlar tugagani, bu kelgusida sayyohlik sohasi bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berishini ma’lum qildi:
“Gidlardan iltimosimiz – sayyoh bilan harakatlanayotib qayerdadir kamchilik yo muammo ko‘rdingizmi, darhol ushbu platforma orqali bizga matn, foto yoki audio shaklida yo‘llang. Sir emaski, hududlarda kafe va restoranlar, sanitariya-gigiyena shoxobchalari va infratuzilma bilan bog‘liq muammolar talaygina. Bundan tashqari, turistik xizmat ko‘rsatuvchilarning muomalasi ko‘ngildagidek bo‘lmasligi mumkin. Bunday kamchiliklardan tezkor xabardor qilsangiz, biz tegishli davlat idoralari va tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘ramiz. Shu tariqa mavjud muammolarni birgalikda bartaraf etamiz”. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi